22:49 / 19.07.2016
5473

Yevropa Ittifoqida yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalar til biriktirgani uchun jarimaga solindi

Google image

Yevropa Ittifoqining antimonopol tashkiloti yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi 4 ta kompaniyani noqonuniy ravishda narx borasida til biriktirgani uchun jarimaga tortdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.   

Qoidabuzarlarga rekord qiymatdagi 3 mlrd yevroga yaqin jarima solindi. Sanktsiyalardan faqatgina Germaniyaning MAN mashinasozlik kompaniyasi qutula oldi. 

Yevrokomissiyada tushuntirilishicha, avtokompaniyalar 14 yil oldinga yuk mashinalarga narx borasida kelishib organlar. Bundan tashqari, ular chiqindi gazlarda zaharli moddalar saqlanishi bo‘yicha qat'iylashtirilgan talablar bilan bog‘liq xarajatlarni mijozlar zimmasiga qo‘ygan.    

Bunda eng katta jarimani Mercedes-Benz markasi ostida mashinalar chiqaruvchi Daimler konserni to‘laydi (1,09 yevro). DAF yuk mashinalarini ishlab chiqaruvchi AQShning Paccar mashinasiga 573 mln dollar yevro jarima qo‘yilgan. Volvo va Renault kompaniyalari birgalikda 670 mln yevro to‘laydi. Iveco yuk mashinalarini ishlab chiqaruvchi Italiyaning CNH kompaniyasi 495 mln dollar jarima to‘laydi. 

MAN kompaniyasi 1,2 mlrd yevrolik jarimadan Bryusselga o‘z vaqtida narx bo‘yicha til biriktirishni ma'lum qilgani uchun qutulib qoldi. Kompaniyalar o‘z ayblarini tan olganlari uchun ularga solingan jarima qiymati 10 foizga kamaytirildi.

Top