Jamiyat | 13:22 / 19.07.2016
5335
1 daqiqa o‘qiladi

Hongkongda noqonuniy bukmekerlik qilganlar ushlandi

Hongkong politsiyasi, Yevropa chempionati vaqtida noqonuniy bukmekerlik faoliyati bilan shug‘ullangan 103 kishini hibsga oldi, deb yozmoqda South China Morning Post gazetasi mahalliy politsiya mahkamasiga tayangan holda. 

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, chempionat vaqtida Hongkongning 134 hududida maxsus amaliyotlar o‘tkazilgan, natijada 16 yoshdan 66 yoshgacha bo‘lgan 73 erkak va 30 nafar ayol kishi qo‘lga olingan. Ular noqonuniy bukmekerlik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda. 

Bundan tashqari, reydlar chog‘ida 590 million Hongkong dollari (76 mln AQSh dollaridan ko‘p) miqdorida tikilgan pullar qayd etilgan ro‘yxat, naqd pul ko‘rinishida 3 mln Hongkong dollari (400 ming AQSh dollariga yaqin) va 57 dona kompyuter musodara qilingan. 

Mavzuga oid