07:43 / 19.07.2016
8823

Shimoliy Koreya uchta ballistik raketa uchirdi

Google image

Shimoliy Koreya mamlakatning sharqiy sohilidan  uchta ballistik raketa uchirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Ta'kidlanishicha, raketalar Yapon dengizi tomon uchirilgan va 500-600 km uchib o‘tgan.

Janubiy Koreya shtablari boshliqlari birlashgan qo‘mitasi vakillarining aytishicha, raketalar mahalliy vaqt bilan soat 5.45 dan 6.40 gacha bo‘lgan oraliqda uchirilgan.

Avvalroq Shimoliy Koreya suv osti kemasidan ballistik raketa uchirgandi.

Top