16:43 / 20.07.2016
6243

Ekspert: Eronda neft qazib olish hajmi kuniga 4 mln barreldan oshib ketdi

Eron neft qazib olishni ko‘paytirishda davom etmoqda. Eron neftgaz qurilmalari ishlab chiqaruvchilar uyushmasi rahbari Rizo Padidarning Eron radiosiga ma'lum qilishicha, bugungi kunga kelib, mamlakatda bir kecha-kunduzda 4,1 mln barrel qora oltin qazib olinmoqda. 

Eron Islom respublikasi neft vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, rasmiy Tehronga nisbatan xalqaro iqtisodiy sanksiyalar amal qilgan vaqtda, mamlakatda kuniga o‘rtacha 3 mln barreldan kam bo‘lmagan neft xom-ashyosi qazib olingan va qora oltin eksporti 1 mln barreldan oshmagan. 

Yil boshida, sanksiyalar bekor qilinganidan so‘ng, Eron neft qazib olish va eksport qilish hajmini ko‘paytirish imkoniga ega bo‘ldi. 

Top