12:46 / 20.07.2016
12459

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, RF va Tojikiston respublikalari “Chanub-2016” maxsus operatsiyasini o‘tkazishdi

Qirg‘iziston, Qozog‘iston, RF va Tojikiston chegarachilari hamkorlikda “Chanub-2016” operatsiyasini o‘tkazishdi. Operatsiya davomida qurol-yarog‘, harbiy anjomlar olib qo‘yildi, shuningdek terrorchilikka aloqador shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqida qirg‘iz chegara kuchlari ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar berdi. 

“Maxsus "Chanub-2016" opreatsiyasi mamlakatlarning tashqi chegaralarida noqonuniy transchegaraviy jinoiy faoliyatni oldini olish maqsadida uch bosqichda o‘tkazildi”, - deyiladi xabarda. Operatsiyaga to‘rt davlatning chegarachilaridan tashqari shu mamlakatlarning huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ham jalb qilindi. 

"Chanub-2016" operatsiyasi o‘tkazilgan uch hafta ichida davlat chegara tartibini buzganlik uchun 28 kishi qo‘lga olindi, 56 ta qurol-yarog‘ va harbiy anjomlar olib qo‘yildi, shuningdek ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga aloqador 15 nafar shaxs va  50 nafar qidiruvda bo‘lgan kishilar ushlandi. 

Qirg‘iz chegara kuchlarining ma'lum qilishicha, mamlakat vakillari maxsus operatsiya chog‘ida “o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani to‘liq bajarishgan”. 

Top