18:56 / 20.07.2016
6122

O‘zbekiston terma jamoasi bugun Rossiyaning «Ufa» klubi bilan o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Rossiyaning «Ufa» klubiga qarshi maydonga tushadi. Bu haqda «Ufa» klubi rasmiy saytida xabar berilgan.

«Ufa» klubi ayni vaqtda O‘zbekiston terma jamoasi kabi Avstriyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini davom ettirmoqda. Bugun 20 iyul kuni jamoamiz O‘zbekiston terma jamoasi bilan uchrashadi», - deyilgan xabarda.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Uchrashuv «Ufa» klubining YouTube portalidagi kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi.

Top