15:23 / 21.07.2016
5917

«Borussiya» Gyottsening qaytgani haqida e'lon qildi

Mario Gyottsening «Bavariya»dan Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qaytishi bo‘yicha jarayon yakunlandi.

Dortmundliklar klubi Germaniya terma jamoasi futbolchisini transfer qilgani haqida rasman ma'lum qildi.

Jamoa sobiq futbolchisi bilan 4 yillik shartnoma tuzgan. Uning transferi uchun 26 mln yevro to‘langan.

Avvalgi xabarlarda futbolchining Dortmunddagi maoshi miqdori 8 million yevro bo‘lishi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Gyottse «Borussiya»dan «Bavariya»ga 2013 yili 37 million yevro evaziga o‘tgandi. Gyottsening «Bavariya»dagi yillik maoshi miqdori 12 million yevro edi.

Manba: Tribuna.uz

Top