16:58 / 21.07.2016
6177

Xitoyliklar sotib olishda davom etdi. Endi Angliya klublaridan biri ularning nazariga tushdi

Angliyaning "Vulverxempton" jamoasi Xitoydagi Fosun International konglemerati tomonidan 45 mln funt evaziga sotib olinishi mumkin. Bu haqda BBC saytiga asoslanib Tribuna.uz tarqatgan.

Qayd etilishicha, "bo‘rilar" jamoasi xitoyliklarga sotiladigan ikkinchi ingliz klubi bo‘ladi.

Bundan oldinroq, Toni Sya o‘tgan mavsum yakunida chempionshipga tushib ketgan "Aston Villa"ni sotib olgandi.

"Vulverxempton" o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra chempionshipda 14-o‘rinni egallagan.

Top