16:36 / 21.07.2016
4347

«Torpedo» jamoasi avtobusi YTHga uchrashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Vladimir viloyatida«Torpedo-Vladimir» yoshlar jamoasi futbolchilari mingan avtobus yo‘l transport hodisasiga yo‘liqishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi.

Avariya payshanbaga o‘tar kechasi Sukmanixa tumani hududidagi Vladimir — Kolchugino trassasida ro‘y bergan. Bu vaqtda sportchilar Tverda kechgan uchrashuvdan keyin uyga qaytayotgandi. «Neoplan» rusumli avtobus Toyota Land Cruiser rusumli avtomobil bilan to‘qnashib ketgan.

Hordisa oqibatida 39 va 41 yoshli avtobus haydovchilari halok bo‘lgan. Yana bir haydovchi shifoxonaga yotqizilgan. Futbolchilardan biri ham jiddiy jarohat olib, shifoxonaga olib borilgan.

Top