20:16 / 21.07.2016
6607

Useyn Bolt: "Sport hakamlik sudining Rossiya terma jamoasi bo‘yicha qarori qayg‘uli, lekin qoidalar shunday"

Olti karra Olimpiya chempioni Useyn Bolt Sport hakamlik sudining rossiyalik yengil atletikachilarning Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlariga qo‘ymaslik bo‘yicha qaroriga izoh berdi.

"Bu qaror ko‘pchilikni qo‘rqitib yuboradi, bu kuchli murojaat", deb Boltning so‘zlarini keltirmoqda AP axborot agentligi. 

"Bu qayg‘uli, biroq qoidalar shunday. Rossiyaliklar jazolanishi kerakmidi, deb hisoblaymanmi? Menda bunga izoh yo‘q, qoida baribir qoida. Qarorlar qabul qiladiganlar bor va men ularga izoh berishim kerak emas. Atletlar sport ortida nima bo‘layotganiga qarab, o‘zlariga maqsadlarini nazardan qochirishga ijozat bermasliklari kerak.

Mening nuqtai nazarimdan, agar sen nimanidir qabul qilganingga isbotlar bo‘lsa, sen sanksiyalarni ham qabul qilishing kerak. Biroq ular adolatli bo‘lishi lozim. Agar siz qarorlar qabul qilinishi kerak deb o‘ylasangiz, unda bunga zaruriyat bor. Agar sen firibgarlik qilsang, unda jazolanishing kerak – bu to‘g‘ri murojaat", deb aytdi Bolt.  

"Agar siz butun jamoaning chetlatilishi to‘g‘ri chora deb hisoblayotgan bo‘lsangiz, unda men buni qo‘llab-quvvatlayman", deb Boltning aytgan so‘zlarini tvitterda keltirib o‘tdi Press Association muxbiri Mett Makgien.

Top