O‘zbekiston fuqarosi Tailandda qo‘lga olindi
Tailandda FQB so‘roviga binoan 25 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Olga Komova hamda 44 yoshli Rossiya fuqarosi Dmitriy Ukrainskiy qo‘lga olindi. Bu haqida Tailand sayyohlik politsiyasi boshlig‘i Surachet Xakpxanning matbuot anjumanidagi chiqishiga asoslanib, mahalliy The Nation gazetasi xabar berdi.
Ukrainskiy Patayyada hibsga olingan - u yerda sayyohlar uchun yaxtalarni ijaraga berishni yo‘lga qo‘ygan. Komovani esa o‘zi ishlaydigan mehmonxonada qo‘lga olishgan. Ular bir necha mamlakat fuqarolarining bank hisoblaridan 28,5 million dollar o‘g‘irlaganlikda ayblanishmoqda.
Tailand politsiyasi vakilining xabar berishicha, qo‘lga olinganlar elektron pochta orqali ziyon yetkazuvchi dasturiy ta'minotni yuborish bilan shug‘ullangan, bu esa ularga AQSh, Avstraliya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Germaniyadagi bank hisob raqamlariga oid ma'lumotlarga egalik qilish imkonini bergan. FQB Tailand hududida amalga oshirilgan tranzaksiyalarni kuzatishga muvaffaq bo‘lgan va ularni qo‘lga olgan.
Mavzuga oid
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024
Tailand hukumati iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan tarqatishni boshladi
01:00 / 29.09.2024
Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
13:20 / 27.09.2024