Facebook Myunxendagi voqealardan so‘ng Safety Check xizmatini faollashtirdi
Facebook Myunxendagi foydalanuvchilari uchun ular o‘zlarining yaqinlariga xavfsiz joyda ekani haqida ma'lum qilishini ta'minlash maqsadida Safety Check (Xavfsizlikni tekshirish») xizmatini faollashtirdi.
Xizmat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga tabiiy ofat, halokat yoki terakt ro‘y bergan taqdirda sog‘-omon ekanliklarini bildirishga imkon yaratadi.
Facebook Parijda 2015 yil kuzida ro‘y bergan teraktlardan so‘ng «Xavfsizlikni tekshirish» xizmatini kech faollashtirgani uchun qattiq tanqid ostiga olingandi.
Bugun kunning ikkinchi yarmida Myunxendagi «Olimpiya» savdo markazi hududida noma'lum shaxs atrofdagilarga o‘t ochdi va voqea joyini tark etdi.
OAV xabariga ko‘ar, bu hujum oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan. Politsiya hozircha 3 kishining o‘limini tasdiqladi.
Oxirgi marta Facebook Safety Check xizmatini Orlando shahridagi tungi klubga uyushtirilganidan keyin faollashtirgandi.