Polsha Volin fojiasini genotsid sifatida tan oldi

Foto: © Flickr
Polsha parlamentining quyi palatasi, Ukraina millatchilari tashkiloti va Ukraina isyonchi armiyasining 1943—1945 yillarda polyaklarga qarshi sodir etgan jinoyatlarini genotsid sifatida tan olish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tasdiqladi.
Polsha Seymi 11 iyulni Volin genotsidi qurbonlari xotirasi kuni deb e'lon qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqqan.
«1943—1945 yillarda sodir etilgan xunrezliklar sabab 100 mingdan ortiq fuqaro o‘ldirilgan edi. Ularning aksariyati dehqonlar bo‘lgan», — deyiladi hujjatda.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi boshida Polsha Senati «Huquq va adolat» hukmron partiyasi tomonidan taklif etilgan Volin fojiasida halok bo‘lganlarni genotsid qurbonlari deb tan olish to‘g‘risidagi loyihani ma'qullashni Seymga tavsiya qilgan edi.
Ammo, rasmiy Kiyev bu voqealarga boshqacha yondashadi. 2015 yili Ukraina Oliy radasi Ukraina millatchilari tashkiloti va Ukraina isyonchi armiyasini mustaqillik uchun kurashuvchilar sifatida tan olgandi.
Ekspertlarning fikricha, Seymning 11 iyulni Polsha xalqini genotsid qilish qurbonlari xotirasi kuni deb e'lon qilish Polsha-Ukraina munosabatlarini taranglashtirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hindistonning Jammu aeroportida portlashlar yuz berdi - AFP
Jahon | 00:23
-
Toshkentdan Lohurga uchadigan reyslar bekor qilinadi
O‘zbekiston | 23:40 / 08.05.2025
-
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi
Jamiyat | 23:21 / 08.05.2025
-
"Ekkan hosiligacha bozor bahosida hisob-kitob qildik" - Shuhrat Abdurahmonov
O‘zbekiston | 22:49 / 08.05.2025
Mavzuga oid

15:14 / 01.05.2025
Polsha O‘zbekistondan haydovchilarni ishga jalb qilish imkonini o‘rganmoqda

16:46 / 21.04.2025
TSAHAL tekshiruvi: G‘azoda shifokorlar o‘limiga «operativ anglashilmovchilik» sabab bo‘lgan

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

19:00 / 25.12.2024