18:16 / 22.07.2016
5822

Texaslik kishi qo‘lbola suv sirpanchig‘ida uchaman deb otilib ketdi

Dallas shahrida (Texas shtati) yashovchi fuqaro suv sirpanchig‘ida uchish vaqtida qo‘li va qovurg‘alarini sindirib oldi. Devid Salmon bir necha metr balandlikdan suv sirpanchig‘idan pastga sho‘ng‘idi va tashqariga otilib ketdi.

Boshida erkak ushbu videoroligini o‘zining feysbukdagi sahifasiga joylashtirdi. Uning do‘sti tomonidan telefon orqali olingan rolik internetta ommalashib ketdi va OAVni qiziqtirib qo‘ydi.

Salmon Fox News bilan bo‘lgan intervyuda aytishicha, sirpanchiq Ostindagi uning do‘stlari tomonidan dam olish kunida ijaraga olingan uyning orqa hovlisida joylashtirilgan bo‘lgan. Uning aytishicha, u sirpanchiqda bir necha marotaba sayr etgan, ammo shu safar nazoratni yo‘qotgan.

 

Top