21:08 / 22.07.2016
7637

Turkiya ichki ishlar vaziri: to‘ntaruvdan keyin deyarli 11 ming pasport bekor qilindi

Google image

Turkiya ichki ishlar vaziri Efkan Ala Turkiya hukumati davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin deyarli 11 ming fuqaroning pasportini bekor qilganini aytdi, deb xabar bermoqda NTV.

"Bugungi kunda biz 10 856 kishining pasportini bekor qildik", deb ma'lum qildi Ala.

Turkiya pasporti fuqarolarga mamlakat ichida foydalanish va xorijga chiqish uchun kerak.

Avvalroq Turkiya Oliy ta'lim kengashi oliy ta'lim muassasalari professorlari va o‘qituvchilariga mamlakatdan chiqishni taqiqlab qo‘ydi.

Top