15:06 / 23.07.2016
5897

Eronda sayyohlik avtobusi ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi

Tehronning shimolidagi Karaj-Chalus trassasida yo‘lovchi avtobus qulab ketdi. Yo‘l transport hodisasi (YTH) natijasida 16 nafar kishi halok bo‘ldi, 12 nafari esa jarohatlandi. Bu haqida Tasnim agentligi xabar berdi. 


“Avtobus 23 iyul, shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:55da elektr uzatish tayanchiga urilib to‘ntarilgan, afsuski 16 kishi halok bo‘lgan”, - deyiladi manbada. Shuningdek 12 kishi turli jarohatlar olib, shifoxonaga yetkazilganligi ma'lum qilingan. 

Karaj-Chalus trassasi sayyohlar orasida juda mashhur: sayohatchilar mamlakat shimolidagi diqqatga sazovor joylarni tomosha qilish uchun ushbu xavfli yo‘ldan o‘tishadi.
 

Mavzuga oid
Top