Bugun Andijon Davlat universitetining majlislar zalida “Kamolot” YoIH Andijon viloyat Kengashining navbatdagi VII Konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mashvaratda Harakatning Andijon viloyat Kengashi a'zolari, mahalliy Kengashlar Konferentsiyalarida saylangan delegatlar, faol yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Hozirgi kunda Harakatning Andijon viloyat Kengashi o‘z atrofida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 314458 nafardan ortiq yigit-qizni hamda 10 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 153716 nafarga yaqin bolalarni birlashtirgan bo‘lib, ta'lim muassasalari va mehnat jamoalarida tashkil etilgan 1085 boshlang‘ich tashkiloti mavjud.
Harakat demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida yoshlarning faol ishtirokini kuchaytirish, mustaqil fikrlaydigan, o‘z hayotiy pozitsiyasi va mustahkam e'tiqodga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish va bandligini ta'minlash, iqtidor sohiblarini qo‘llab-quvvatlash, sportni rivojlantirish va o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish kabi muhim yo‘nalishlarda faoliyat olib bormoqda. Andijon yoshlarini birlashtiruvchi Harakat ushbu sohalarda bir qator davlat va nodavlat tashkilotlar bilan ijtimoiy sheriklikda yoshlar uchun yuzlab kerakli hamda qiziqarli loyihalarni amalga oshirilmoqda.
Konferentsiyani olib borish tartibi belgilanib, hay'at a'zolari tarkibi saylangach, hisobot taqdim etish uchun so‘zga Harakatning Andijon viloyat Kengashi raisi Elyorbek Abduqodirov chiqib, videorolik shaklida tayyorlangan hisobotni taqdim etdi.
So‘ngi ikki yarim yil mobaynida Harakatning birgina yoshlarning ijtimoiy faolligingi oshirish, ularning demokratik-huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonini ta'minlash sohasida tashkil etilgan yirik loyihalardan “Hokim va yoshlar” loyihasi doirasida 283 marotaba uchrashuvlar tashkil etilib, ularda 28026 nafar yoshlar, “Yosh qutqaruvchi” loyihasi doirasida 750 marotaba musobaqalar o‘tkazilib, 13884 nafar yoshlar qamrab olindi, “Sud va yoshlar” loyihasi doirasida 323 marotaba uchrashuvlar tashkil etilib, 14258 nafar yoshlar “Siz qonunni bilasizmi?” loyihasi doirasida 2364 marotaba tadbirlar o‘tkazilib, unda 168275 nafar yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlar ishtiroki ta'minlandi.
Ma'naviy-ma'rifiy sohada o‘tkazilgan yirik loyihalardan “Biz buyuk yurt farzandlarimiz” shiori ostida o‘tkazilagan yoshlar festivali doirasida 284 marotaba uchrashuvlar davomida 1224000 nafar yoshlar, “Shunqorlar” harbiy sport musobaqalari bo‘yicha 820 marotaba bellashuvlar o‘tkazilib, unda 42950 nafar yoshlar ishtirok etgan bo‘lsa, “Yosh chegarachilar” harbiy vatanparvarlik musobaqalari doirasida 15530 nafar, “Farzandlik burchim” loyihasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarda 22356 nafar yosh avlod vakillari qatnashdilar.









