Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myunxen otishmasida halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetdi
Myunxen politsiya mahkamasining xabar qilishicha, ayni vaqtgacha, shaharda yuz bergan otishma chog‘ida qurbon bo‘lganlar soni 10 kishiga yetgan. Bu haqda, mahkamaning Tvitterdagi sahifasida xabar qilingan.
«Bizda kamida 10 kishining o‘lgani haqida ma'lumot bor. Yirik amaliyotni davom ettirayotganimiz tufayli, boshqa ma'lumotlarni taqdim eta olmaymiz», — deyiladi xabarda. Unda ta'kidlanishicha, jabrlanganlar soni 21 nafarga yetgan. Ularning ahvoli yengildan og‘ir darajagacha ekani aytilmoqda.
Avvalroq, Myunxen politsiyasi robot yordamida shubhali ryukzakni tekshirgani ma'lum qilingandi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari, guvohlardan surat va videolarni oshkor etmaslikni, balki maxsus elektron manzilga yuborishni so‘rashmoqda.
Bungacha, mamlakat tashqi ishlar mahkamasi Frank-Valter Shtaynmayyer, Myunxendagi savdo markazida yuz bergan otishma sabablari noma'lum ekanini bildirgandi.
Mavzuga oid
16:17 / 29.01.2026
Rossiya IIV: politsiyada kadrlar yetishmovchiligi 40 foizgacha yetmoqda
10:58 / 26.01.2026
Britaniyada “FTBga o‘xshash” politsiya xizmati paydo bo‘ladi
12:09 / 13.01.2026
Ispaniya politsiyasi 10 tonna kokain yuklangan kemani qo‘lga oldi
09:20 / 02.01.2026