Jahon | 06:45 / 23.07.2016
5676
1 daqiqa o‘qiladi
Myunxenda favqulodda vaziyat tartibi kiritildi
Myunxenda savdo markazlaridan birida otishma sodir etilgandan keyin favqulodda vaziyat tartibi kiritildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Bu haqda NTV nemis telekanali xabar bermoqda.
Avvalroq Myunxen politsiyasi haydovchilarni avtotrassalarni tark etishini so‘rayotgandi. Shuningdek, shahar shimolida bir nechta yo‘l berkitilgani ma'lum qilingan. Otishma sodir etganlarning joyi hozircha noma'lum.
22 iyulda kechki payt shaharning "Olimpiya" savdo markazida noma'lum kimsa otishma sodir etgan. Politsiya ayni vaqtda 6 kishining halok bo‘lganini tasdiqlagan.