11:31 / 23.07.2016
3962

OAV: “PSJ” van Persi bilan muzokaralar olib bormoqda

«Fenerbahche» futbol jamoasi hujumchisi Robin van Persi faoliyatini «PSJ»da davom ettirishi mumkin.

L’Equipe nashrining yozishicha, parijliklar jamoasining sport direktori Patrik Klyuyvert, Edinson Kavani o‘rniga gollandiyalik o‘yinchini olib kelish ilinjida van Persi bilan muloqotga chiqqan. 

Avvalroq, van Persiga «Stok Siti» va «Midlsbro» jamoalari qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

Top