11:50 / 23.07.2016
9994

Tarmoqqa Xiaomi’ning ilk noutbuklari ko‘rsatkichlari va narxi haqidagi ma'lumotlar chiqib ketdi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘zining ilk noutbuklarini taqdim qilmoqchi. Ularning ko‘rsatkichlari haqidagi ma'lumot internetga chiqib ketdi, deb xabar bermoqda Gizmo China.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, Mi Notebook noutbuklari ikki variantda: minimal va maksimal komplektatsiyada taqdim qilinadi. Minimal komplektatsiya quyidagi ko‘rsatkichlarni oladi: ichki o‘rnatilgan Intel HD520 videokartali Intel Core i5-6200U (Skylake) chipseti, 8 GB tezkor xotira, 256 GB SSD disk va Windows 10 operatsion tizimi. 

Maksimal komplektatsiya 15,6 dyuymli UHD-displey, Intel Core i7-6700HQ chipseti, 16 GB DDR4 tezkor xotira, 512 GB SSD disk, NVIDIA GTX970M diskret videokartasi va Windows 10 operatsion tizimi bilan jihozlanadi.
Insayderlar ma'lumotlariga ko‘ra, minimal ko‘rsatkichlarga ega noutbuk 3999 yuan, maksimal ko‘rsatkichlarga ega noutbuk esa 6699 yuan turadi.

Yangi mahsulotlar 27 iyuldagi taqdimotda namoyish qilinishi kutilmoqda.

Top