16:38 / 24.07.2016
4169

Qurol savdosida tartiblarning keskinlashtirilishi tarafdori bo‘lgan amerikaliklar soni ortib bormoqda

AQShda qurol savdosi bo‘yicha qonunchilikning keskinlashtirilishi tarafdori bo‘lgan fuqarolar soni keskin ortgan. Bu haqda Associated Press (AP) agentligi buyurtmasiga ko‘ra tadqiqot o‘tkazgan GfK firmasi ma'lumotlarida keltirilgan.

So‘rovnomada ishtirok etgan 1000dan ortiq respondentning 64 foizi tartiblarning yanada qat'iylashtirilishi tarafdori hisoblanadi. 23 foiz kishi bu boradagi qonunchilikka o‘zgartirish shart emas deb biladi. 11 foiz kishi aksincha fikr bildirgan, 2 foiz so‘raluvchi savolga javob qaytarmagan.

Konnektikut shtatining Nyutaun shahrida 2012 yilning 14 dekabridagi fojiadan 9 oy o‘tib (o‘shanda 20 yoshli Adam Lenza "Sendi Xuk" maktabida odamlarni o‘qqa tutgandi va 26 kishini o‘ldirgandi), 2013 yilda GfK firmasi birinchi marta AR buyurtmasiga ko‘ra so‘rov o‘tkazgan. Firma tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, amerikaliklarning qurol savdosiga munosabati doimiy ravishda o‘zgarib kelmoqda. 2013 yilgi so‘rovnmada qurol savdosida nazoratni kuchaytirish tarafdorlari 52 foizni, 2015 yilning dekabrida esa 58 foizni tashkil qilgandi.

Top