18:45 / 24.07.2016
8790

"Napoli" muxlislari "aqldan ozish"da davom etmoqda

"Napoli" jamoasi muxlislari jamoa hujumchisi Gonsalo Higuainning raqiblar jamoasiga o‘tib ketishidan noroziliklarini ifoda etishda davom qilishmoqda.

Neapolliklarning asosiy hujumchisi "Yuventus"ga o‘tishi haqidagi xabarlardan keyin Neapol shahri maydonida Higuain ismi tushirilgan futbolkani yoqqan muxlislar jamoaning mashg‘ulotlar o‘tkaziladigan bazasiga kelib, bezorilikni davom ettirishdi.

Bu yerda muxlislar jamoa yetakchilari tasviri tushirilgan bannerda Higuainning suratidan bosh qismini olib tashlashgan.

"Napoli" va "Yuventus" futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishib bo‘lgan. Futbolchi kamida 90 million yevro evaziga transfer qilinadi. O‘tgan mavsumda A Seriya to‘purari bo‘lgan ushbu hujumchi yangi jamoasi bilan 5 yillik shartnoma tuzadi va yiliga 7,5 million yevro miqdorida maosh oladi.

Top