07:28 / 24.07.2016
5314

Sky Sport Italia: "Higuain 94 mln yevro evaziga "Yuventus"ga o‘tdi"

“Napoli”ning argentinalik hujumchisi Gonsalo Higuain faoliyatini “Yuventus”da davom ettiradi. Bu haqda Sky Sport Italia xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, transfer narxi 94 mln yevroni tashkil etgan. 28 yoshli futbolchi bilan 2020 yilga qadar shartnoma imzolandi va u yiliga 7,5 mln yevro maosh oladi. Shuningdek, futbolchining turin klubida tibbiy ko‘rikdan o‘tgani ham xabar berilgan.

Higuain “Napoli” safida 2013 yildan beri to‘p suradi. O‘tgan mavsum futbolchi turli musobaqalarda 42ta uchrashuv o‘tkazib, 38ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Top