Jahon | 10:04 / 25.07.2016
7700
2 daqiqa o‘qiladi

Bavariya IIV: Ansbaxdagi portlash suriyalik qochqin tomonidan uyushtirilgan

Foto: © NEWS5

Bavariya ichki ishlar vaziri Ioaxim Xerrmanning ma'lum qilishicha, Ansbaxdagi portlashni uyushtirishda gumonlangan shaxs Suriyadan kelgan 27 yoshli qochqin bo‘lgan. Bu haqda Nord Bayern nashri xabar bermoqda.

Bavariya yeri IIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Germaniyaga bundan ikki yil muqaddam kelgan. Bundan tashqari, Xermanning aytishicha, bir yil oldin suriyalikdan qochqin maqomini olib tashlash rad etilgan.

Qayd etilishicha, halok bo‘lgan ushbu suriyalik ilgari ham o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lgandi.

Bundan oldingi xabarlarda Ansbaxdagi portlash natijasida 1 kishi halok bo‘lib (xudkush), jarohatlanganlar soni 12 kishini tashkil qilayotgani aytilgandi.

Ansbaxdagi Eugene's nomli bar yaqinida portlashdan keyin hududdan 2500 kishi evakuatsiya qilingan.

Avvaliga portlash maishiy gaz quvuridagi muammo tufayli ro‘y bergani aytilgandi. Keyinroq, shahar meri Kardu Zaydel barga kiraverishda portlovchi qurilma harakatga keltirilganini ma'lum qildi.

Qayd etish kerakki, bu Germaniyada keyingi hafta davomida to‘rtinchi marta tinch aholi vakillariga hujum uyushtirilishi bo‘ldi.

Avvaliga, 18 iyul kuni Myunxenda poyezdda kelib chiqishi afg‘onistonlik bo‘lgan 17 yoshli o‘smir yo‘lovchilarga machete bilan hujum qilib, 3 kishini jarohatladi. Uni politsiya otib tashladi.

22 iyulda Myunxendagi Olympia savdo markazida kelib chiqishi eronlik bo‘lgan 18 yoshli Ali David Sunbuliy 9 kishini otib tashlagandi va keyin o‘z joniga qasd qilgandi.

24 iyul kuni kechqurun Roytlingen shahrida suriyalik  qochqin yo‘lovchilarga uzun pichoq bilan tashlanib, bir ayolni o‘ldirgan va 2 kishini yaralagan.

Mavzuga oid

E`lonlar

USAID hamkorligida SWISSAGRO qo‘shma korxonasi Farg‘onada yangi ishlab chiqarish quvvatini yo‘lga qo‘ydi

O‘zbekistonda smart GTP: gaz taqsimlashda samaradorlik va xavfsizlikning yangi bosqichi

"O‘zbekinvest" kompaniyasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasturi doirasida Qibray tumanida bog‘ yaratildi

Iteca Exhibitions: 2024-yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi va xalqaro e’tirofi drayveri

Soliq qo‘mitasi hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi

Kelajak uchun bitim: MARS IT School bolalar uchun IT-ta’limni rivojlantirishning yangi bosqichiga chiqyapti