23:17 / 25.07.2016
11763

Disney’ning barcha qahramonlari bir videoda birlashtirildilar

Foto: Videodan olingan kadr

Internetda Disney studiyasining 1989 yildan boshlab chiqarilgan barcha multfilmlari birlashtirilgan video paydo bo‘ldi. Video Lindsay McCutcheon taxallusi ostidagi foydalanuvchi tomonidan YouTube-kanalida chop etildi.

Elektron musiqa jo‘rligida boruvchi Disney multfilmlari miksi ikki kun ichida milliondan ko‘proq marta tomosha qilingan. Foydalanuvchilar o‘z izohlarida Lindsay McCutcheon’ning ishini maqtab, nafaqat sifatli montaj, balki original musiqaga ham e'tibor qaratishdi. "Bu sehrlidir. Bu video men bola bo‘lganimda Disney kanalidagi montajni eslatib yubordi. Bu ishingiz uchun rahmat!", deb yozdi foydalanuvchilardan biri.

Top