GM Uzbekistan AJga yangi rahbar tayinlandi

Rajabov Rustam Baxtiyarovich GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyatining yangi rahbariga aylandi.
U ijro etuvchi organ rahbari sifatida 18 iyul kuni aksionerlar ishtirokida o‘tkazilgan yil yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda 90 kun muddatga saylangan.
Rajabov 2016 yilning 20 iyulidan ushbu lavozimga tayinlangan, shu bilan bir vaqtda kompaniya Kuzatuv kengashiga besh kishi tayinlangan.
Jalilov Tohirjon Abdunabiyevichning tashkilot bosh direktori sifatidagi vakolati tugatilgan.
GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi 2008 yilda AQShning General Motors (25 foiz) va O‘zbekistonning "O‘zavtosanoat" AJ (75 foiz) tomonidan “O‘zDeuAvto” YoAJ o‘rnida tashkil qilingan edi. Kompaniya quvvati yiliga 250 ming avtomobilni tashkil qiladi.
Bugungi kunda korxona Nexia, Cobalt, Lacetti, Gentra va Malibu, Matiz, Spark, Captiva, miniven Orlando, mikroavtobus Damas va uning yuk tashishga moslashgan ko‘rinishi Labo kabi avtomobillar ishlab chiqaradi.
Eksport qilinadigan avtomobillar Ravon brendi ostida sotiladi. Bular asosan Nexia, Cobalt, Matiz va Spark avtomobillaridan iborat.
Oxirgi vaqtlarda OAV O‘zbekistonning yetakchi korxonalaridan biri bo‘lgan GM Uzbekistan bir necha bor mojarolarga o‘ralashib qolgani va huquqni saqlash muassasalari tomonidan tekshiruvlar o‘tkazilayotgani haqidagi xabarlar tarqatgandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
Iqtisodiyot | 14:25
-
Rossiya Berlindagi Karnegi markazi direktorini qidiruvga berdi
Jahon | 14:15
-
Venetsiya biyennalesida O‘zbekiston milliy pavilonining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 14:13
-
Yamanga zarbalar seriyasini amalga oshirgan Isroil, Moskva aeroportlaridagi kollaps va Bokuga qo‘nishga majbur bo‘lgan Serbiya prezidenti - kun dayjesti
Jahon | 14:01