21:43 / 25.07.2016
5452

Hindistonda riksha va avtobus to‘qnashib ketishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi

Hindistondagi Muzaffarpur va Sitamarxi shaharlarini bog‘lovchi trassada avtobus hamda avtoriksha to‘qnashib ketishi oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Tribune xabar tarqatgan.

Manbaning yozishicha, 6 kishi jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan.

Mahalliy aholi vakillari yo‘lni to‘sib qo‘yishgan va hukumatdan qurbonlarning oila a'zolari uchun tovon puli to‘lanishini talab qilishmoqda.

Bihar shtati hukumati 400 ming rupiyadan tovon puli va'da qilgan (taxminan 6 ming dollar).

Top