19:01 / 25.07.2016
5060

Odessa - Kiyev yo‘lidagi avtohalokat 3 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Google image

Ukrainaning Kirovograd viloyatidan o‘tuvchi Odessa — Kiyev yo‘lida kuchli tutun sababli 8 ta avtomobil to‘qnashib ketgani oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti» agentligi.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, avtohalokatga, yo‘l yonbag‘ridagi dalalardan hosil yig‘ishtirib olingach, dalaga o‘t qo‘yilgani sabab bo‘lgan. Natijada beshta mashina yonib ketgan, 3tasiga jiddiy zarar yetgan. 

4 kishi tibbiy yordamga murojaat qilgan. 

Ayni vaqtda, jabrlanganlar soniga oydinlik kiritilmoqda. Jinoiy ish qo‘zg‘atish masalasi hal etilmoqda.  


 

Top