Tunis Respublikasining 59 yilligi nishonlanmoqda
25 iyul kuni Afrikaning Tunis davlati Respublika deb e'lon qilinishining 59 yilligini tantana qilmoqda. 1957 yili Milliy ta'sis majlisi monarxiyaga barham berib, bey Muhammad VIII al-Aminni hokimiyatdan chetlashtirgan va Tunis respublikasi tashkil etilganini e'lon qilgan edi.
O‘sha yilning 25 iyulida mamlakatning birinchi prezidenti Habib Burgiba umumhalq saylovida davlat rahbari lavozimini egallagandi. Shundan beri, 25 iyul mamlakat tarixida o‘ziga xos ahamiyat kasb etib keladi.
Tunis poytaxtining barcha ko‘chalari mamlakat milliy bayrog‘i tusida bayramona bezatildi. Mamlakat prezidenti Beji Kaid as-Sebsi respublika fuqarolariga murojaat qilishi kutilayapti. Respublikaning barcha hududlarida tantanali mitinglar va manifestatsiyalar o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, siyosatchi va iqtisodchilarning mamlakatni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etuvchi davra suhbatlari tashkil etiladi.