14:40 / 25.07.2016
12807

O‘zbekistonda yangi sement zavodi qurilishi yakunlanmoqda

O‘zbekistonda yana bir sement zavodi qurilishi yakunlanmoqda. Bu haqida 2016 yilning birinchi yarmida Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi vaqtida ma'lum qilindi.

Yirik loyihalardan sanalmish Qorao‘zak tumanidagi 10 milliard 600 million so‘m va 17 million dollar miqdoridagi “Titan sement” korxonasi qurilishi joriy yilda nihoyasiga yetkazilib, foydalanishga topshiriladi.

Bu yiliga 200 ming tonna qimmatbaho qurilish ashyosi – sement ishlab chiqarish imkonini berish bilan birga, 200 ga yaqin yangi ish o‘rnini yaratadi. 

Top