«Barselona» 2015/16 yilgi mavsumning moliyaviy natijalarini e'lon qildi.

Klub o‘tgan mavsumda rekord darajada daromad ko‘rgan – 679 million yevro. Bu prognozdagidan 46 million yevroga ko‘pdir. Soliqlar chiqarib tashlangandan keyingi sof foyda – 29 million yevroni tashkil etdi.

Strategik rejaga ko‘ra, «Barselona»ning daromadi milliard yevroga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

2015/16 yilgi mavsumda jamoa UYeFA Superkubogi, ichki chempionat va Ispaniya Kubogi, shuningdek, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi.

Ma'lumot uchun, 2014/15 yilgi mavsumda kataloniyaliklarning daromadi 608 million yevroni, sof foydasi 15 million yevroni tashkil qilgandi.

Manba: Tribuna.uz