14:43 / 26.07.2016
5497

Yerevandagi politsiya patrul xizmati binosida otishma sodir bo‘ldi

Foto: Sputnik

Yerevanda politsiya patrul xizmati polki hududini qo‘lga olgan guruhning ikki a'zosi 26 iyulga o‘tar kechasi politsiya xodimlari bilan otishmaga kirishdi. Bu haqida RIA “Novosti” Armaniston politsiyasining matbuot xizmati xabariga asoslanib, ma'lum qildi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, otishma natijasida ular jarohatlangan. 

“Politsiya patrul xizmati hududini qo‘lga olgan qurolli guruhning ikki a'zosi - Ashot Petrosyan va Ovannes Arutyunyan tunda sodir bo‘lgan otishma natijasida jarohat olishgan”, - deyiladi xabarda. 

Hozirgi vaqtda jarohatlanganlar shifoxonaga yotqizilgan. 

Mavzuga oid
Top