18:15 / 26.07.2016
3453

Farg‘ona viloyatida mahalliylashtirish dasturi doirasida 34 loyiha amalga oshirildi

Foto: O‘zA

Farg‘ona viloyatida joriy yilning o‘tgan davrida 260,1 million dollarlik mahsulot yuzga yaqin davlatga eksport qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Hisobot davrida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha salmoqli natijalarga erishildi. Yalpi hududiy mahsulot ishlab chiqarish 8,4 foiz, jumladan, sanoat mahsulotlari 10,5, xalq iste'moli tovarlari 16,2, qurilish ishlari 19,7, qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish 6,3, xizmatlar hajmi 14,2 foiz o‘sdi. 

Farg‘ona viloyatini 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va servis yo‘nalishlarida 1 ming 138 loyiha amalga oshirilib, 9 mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 23 sanoat korxonasida 34 loyiha amalga oshirildi, hududiy korxonalar tomonidan 18,5 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi.

Aholini ish bilan ta'minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish ham doimiy e'tiborda. Birinchi yarim yillikda 48 ming 200 ish o‘rni yaratildi, ularning aksariyati qishloq joylarida tashkil etilgani e'tiborlidir.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyatda 1 ming 340 yangi tadbirkorlik sub'yekti tashkil etildi. Tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlariga 574,1 milliard so‘m kreditlar ajratildi.

Top