21:38 / 26.07.2016
6643

Hindistonlik faol 15 yil davom etgan ocharchilikni tugatishga qaror qildi

Foto: File, PTI

Hindistonlik faol ayol Irom Sharmila yaqin orada 15 yil davom ettirgan ocharchilikni tugatishini e'lon qildi va saylovlarda ishtirok etadi. Bu haqda The Indian Express nashri xabar bermoqda.  

44 yoshli ayolning aytishicha, u bunday qarorni uning ocharchiligi nimanidir o‘zgartirishi mumkinligiga boshqa ishonmasligi sababli qabul qildi. Sharmilaning aytishicha, u kurashni davom ettiradi va buning uchun Manipur shtati qonunchilik yig‘ilishiga nomzodini qo‘ymoqchi. Ayol ocharchilikni 9 avgustda tugatmoqchi. 

Ayol 2009 yil noyabrda 28 yosh bo‘lganda yegulik va suv qabul qilishdan bosh tortgishni boshlagan. U o‘zining bu harakati bilan qurolli kuchlarning alohida vakolatlari haqidagi konunning bekor qilinishiga erishmoqchi bo‘lgan. Bu qonunga ko‘ra, hind harbiylari armiya tuzilmalari ichki ixtiloflar hududlarida joylashtirilganda qo‘shimcha immunitetdan foydalanadilar.

Sharmilaning noroziligiga Hindiston qurolli kuchlarining Malom shahrida 2000 yilda ayirmachi guruhlarga qarshi operatsiyasi bevosita sabab bo‘lgan. Operatsiya vaqtida 10 kishi, jumladan bolalar halok bo‘lgandi. 

Hukumat ayolni o‘z joniga qasd qilishga urinishda ayblab, bir necha bor hibsga olgan, so‘ngra unga majburlab ovqat berib, keyin erkinlikka qo‘yib yuborgan.

Top