Fan-texnika | 13:12 / 26.07.2016
6033
1 daqiqa o‘qiladi

Instagram videolar uchun yangi funksiyani ishga tushirdi

Instagram ijtimoiy tarmog‘i videotavsiyalarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqida «Gazeta.Ru» nashri kompaniya ma'lumotlariga asoslanib, xabar berdi. 

Videoroliklar joylashtirilgan kanalga “Izlash va qiziqarli” bo‘limidan kirish mumkin. Unda foydalanuvchilarga begona akkauntlarning videolariga baho berish taklif qilinadi.

Bundan tashqari, muayyan mavzular – Riodagi 2016 yilgi Olimpiya o‘yinlari, Kann kinofestivali, Coachella musiqiy festivali, Yangi yil va boshqalar bo‘yicha videolarni topish imkoniyati paydo bo‘ldi.

So‘nggi yarim yilda Instagram’da video ko‘rish vaqti 150 foizga ortdi.