11:45 / 26.07.2016
4506

«Real» 3ta o‘rtoqlik uchrashuvi orqali 12 mln yevro ishlaydi

International Champions Cup turniridagi ishtirok «Real»ga 12 million yevro keltiradi. Bu mablag‘ni jamoa g‘aznasiga turnir tashkilotchilari to‘lab berishadi.

O‘tgan mavsumda jamoa Avstraliya va Xitoy turnerlari orqali 20 million yevro ishlagandi.

Ammo jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan klub rahbariyatidan bu safar turneda uchishlar kamroq bo‘lishini so‘ragan.

Madridliklar jamoasi AQSh turnesi davomida 28 iyul kuni «PSJ» bilan, 30 iyul kuni «Chelsi» bilan, 4 avgust kuni «Bavariya» bilan o‘ynaydi.

Manba: Tribuna.uz

Top