YuNeSKOning ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Istanbulda bo‘lib o‘tgan 40-sessiya natijalariga ko‘ra, jahon merosi ro‘yxati 41ta obektga ko‘paygan. Bu haqida Gazeta.ru ma'lum qildi. 

Endilikda ro‘yxatdan Eronning Dashti-Lut sahrosi, Xitoyning Shennuntszya o‘rmon hududi, Hindistondagi Nalanda monastiri o‘rin oldi. Shunisi quvonarliki, ushbu ro‘yxatga g‘arbiy Tyan-Shan (“Samoviy tog‘lar”) ham kiritildi. Tyan-Shanning YuNeSKO ro‘yxatiga kiritilishiga uch mamlakat – O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ariza bergan. 

Revilya-Xixedo arxipelagi, Meksika

Le Korbyuze arxitekturasi

Kanchenjanga tog‘li hududi, Hindiston

Dashti-Lut sahrosi, Eron

Filipp arxeologik majmuasi, Gretsiya

O‘rta asrlarning monumental qabr toshlari, Bosniya va Gertsogovina

Mistaken Point arxeologik obidasi, Kanada

Sanganeb milliy parki va Dungonab o‘rami, Sudan

Gorama g‘orlari, Gibraltar, Buyuk Britaniya

Shennuntszya o‘rmon hududi, Xitoy

Armanistonning o‘rta asrlardagi poytaxti — Ani shahri xarobalari, Turkiya