11:07 / 26.07.2016
27999

Televizorning sog‘liq uchun eng asosiy xavfi aniqlandi

1988-1990 yillarda yaponiyalik tibbiyot xodimlari 40-79 yoshdagi 86024 kishi o‘rtasida televizor qarshisida qancha vaqt o‘tkazishiga doir so‘rovnoma o‘tkazdi. Keyingi 19 yil davomida ulardan 59 nafari tromboemboliya natijasida hayotdan ko‘z yumgan. Bu haqida EurekAlert xabar berdi

Tadqiqotlarning ta'kidlashicha, bevaqt vafot etgan kishilar televizor qarshisida kuniga 2,5 soatdan kam vaqt o‘tkazgan ishtirokchilarga nisbatan zangori ekran qarshisida ko‘proq vaqt o‘tkazishgan. 

Olimlar har kuni 2,5-4,9 soat davomida televizor ko‘ruvchi kishilarda tromboemboliya natijasida yuzaga keladigan o‘lim holati 70 foizga, 2 soat televizor qarshisida o‘tirganlarda esa 40 foizga hamda 5 va undan ortiq soat televizor tomosha qiladiganlarda esa 2,5 barobar oshishini ko‘rsatib berishdi.

Tibbiyot xodimlari TV ko‘rishni vaqti-vaqti bilan yengil jismoniy mashqlar (har soatda) hamda suv ichish (ortiqcha vazn bo‘lgan holatlarda) bilan uyg‘unlashtirishni taklif qilishadi.

O‘pka emboliyasi qon quyuqlarining qon tomirlariga tiqilib qolishi natijasida yuzaga keladi. Unga xos bo‘lgan xususiyatlar – ko‘krak sohasidagi og‘riqlar va nafas siqishi. Kasallikni avj olishiga ta'sir ko‘rsatuvchi  omillar – semizlik, qandli diabet, chekish va arterial gipertenziya.

Top