14:10 / 26.07.2016
4988

Tibbiy qo‘lqoplardan ko‘p marta foydalanish taqiqlandi

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi buyrug‘i bilan ( Adliya vazirligi tomonidan 19.07.2016 y. sanasida № 2422-1 raqam bilan ro‘yxatga olingan) qon bilan bog‘liq muolajalarda ko‘p marta foydalanish taqiqlangan tibbiy anjomlar va mahsulotlar ro‘yxatiga to‘ldirishlar kiritildi. 

Endilikda, ko‘p marta foydalanish taqiqlangan tibbiy anjomlar ro‘yxatiga sterillangan va sterillanmagan rezina qo‘lqoplar ham kiritildi. 

Davlat tilida qabul qilingan hujjat, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari to‘plamida rasman e'lon qilingan 2016 yil 25 iyul kunidan e'tiboran kuchga kiritilgan.

Top