17:44 / 26.07.2016
5461

2016 yilning 1-yarmida Toshkent viloyatida 46,3 ming yangi ish o‘rni yaratildi

Toshkent viloyatida joriy yilning birinchi yarmida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda yalpi hududiy mahsulot 7,3, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,6, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish 6,8, qurilish ishlari 10,5, xizmatlar hajmi 15,9, chakana savdo aylanmasi 13,8 foiz o‘sdi.

2016 yilgi Investitsiya dasturiga kiritilgan 70 yirik loyihani amalga oshirish ishlari boshlanib, hisobot davrida 14,8 million so‘m va 331,2 milliard so‘mlik investitsiyalar o‘zlashtirildi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish doirasida 98 ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi.

Xususiy mulkni ishonchli himoya qilishni ta'minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilib, 165 davlat obekti “nol” qiymatda xususiy sektorga sotildi. 

Tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish tufayli hisobot davrida 46,3 ming yangi ish o‘rni yaratildi, ularning 36,7 mingtasi qishloq joylarda tashkil etilgani e'tiborlidir. 

Viloyatda “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Buning uchun barcha manbalar hisobidan 170,9 milliard so‘m va 13,3 ming dollar yo‘naltirildi. 

Investitsiya dasturiga binoan 103 ijtimoiy soha obektini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta'mirlash uchun davlat byudjyeti va maqsadli jamg‘armalarning 61,9 milliard so‘m pul mablag‘i ajratilib, hisobot davrida 109,2 milliard so‘mlik ish bajarildi.

Top