09:46 / 27.07.2016
5410

BMT bosh kotibi dunyoni «olimpiya sulhi»ga chaqirdi

BMT bosh kotibi Pan Gi Mun jahon afkor ommasini Rio-de-Janeyro shahridagi yozgi Olimpiada o‘yinlari vaqtida harbiy harakatlarni to‘xtatib, qurollarni qo‘yishga chaqirdi. Olimpiya o‘yinlari shu yilning 5 avgustidan 21 avgustigacha bo‘lib o‘tadi. 

Bosh kotibning rasmiy bayonoti xalqaro tashkilotning Tvitterida e'lon qilingan

«Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi va BMT dunyoda tinchlik va totuvlik uchun birgalikda ishlab keladi. Shu maqsadda, biz olimpiya sulhini e'lon qilib, barcha urushayotgan tomonlarni qurollarini tashlashga hamda O‘yinlar vaqtida chekinishga chaqiradi», — degan bosh kotib.

Pan Gi Mun shuningdek, Braziliyada Olimpiya o‘yinlari davom etar ekan, dunyo mamlakatlari o‘zaro «tushunmovchiliklarga barham berish»i kerak, degan fikrni ham ilgari surgan. 

Top