Bu yilgi tabiiy ofatlar Xitoy uchun talofatli keldi
XXR fuqarolik boshqaruvi vazirligining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning shu davrigacha, mamlakatda yuz bergan turli tabiiy ofatlar natijasida 1074 kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana 270 nafari bedarak yo‘qolgan hisoblanmoqda.
Umuman, Xitoyning 137 million fuqarosi tabiiy ofatlardan aziyat chekkan. Yetkazilgan iqtisodiy talofat 298 mlrd yuan (44,7 mlrd dollar)ni tashkil etgan. 400 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan, 6,4 mln inson ko‘chirilgan.
Tabiiy ofatlarning 75 foizdan ko‘prog‘i – Xitoy hududiga yopirilgan surunkali yomg‘irlar kuzatilgan iyun oyiga to‘g‘ri kelgan. Bu davrda, 837 kishining yostig‘i qurigan, 242 odam yo‘qolgan. Bu raqamlar esa, Xitoy yomg‘irlar mavsumining so‘nggi 5 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichidir.
Mavzuga oid
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
20:51 / 03.11.2024
Ispaniya qiroli va qirolichasi Valensiyada loybo‘ron qilindi
16:48 / 30.09.2024
«Helen» to‘foni AQShning olti shtatini qamrab oldi - fotosuratlar
18:41 / 29.08.2024