18:34 / 27.07.2016
39332

Global Firepower: O‘zbekiston armiyasi MDHda uchinchi o‘rinda

Foto: O‘zA

Global Firepower dunyo mamlakatlari armiyasining navbatdagi reytingini e'lon qildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston 48 o‘rinda qayd etilgan.

Armiyalar 50 xil parametr asosida tahlil qilingan. Unda qo‘shin soni, mamlakatdagi jangga layoqatli bo‘lgan erkaklar soni, tabiiy boyliklar, geografik joylashuv kabi omillar inobatga olingan.

Mamlakatlardagi yadroviy qurollar muhim omil sifatida qaralmagan, lekin reytingda uni ham inobatga olishgan. 126 davlat ishtirokidagi ro‘yxatning yuqori qismida dengiz flotiga ega mamlakatlar qayd etilgan.

Ro‘yxatni AQSh, Rossiya va Xitoy boshqarmoqda. O‘zbekiston MDHda Rossiya va Ukrainadan keyin uchinchi, Markaziy Osiyoda esa birinchi o‘rinda ko‘rsatilgan.

Sayt ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston qurolli kuchlari 420ta tank, 166ta samolyot, 715ta PJM, 143 o‘ziyurar to‘p, 880ta to‘p, 190 ta yoppasiga o‘t ochish qurollariga ega. O‘zbekistonning har yilgi harbiy xarajatlari 70 mln dollarni tashkil qiladi.

Top