Hondurasda 8 nafar bola mikrotsefaliya bilan tug‘ildi
Hondurasda 8 nafar go‘dak tug‘ma mikrotsefaliya sindromi bilan dunyoga keldi. Bu bolalarning onalari Zika bezgagini boshdan o‘tkazganligi natijasi bo‘lishi mumkin. Bu haqida Markaziy Amerika sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga tayanib, RIA “Novosti” ma'lum qildi.
“Bizning nazorat tizimimiz jami 8 nafar bolaning shunday sindrom bilan tug‘ilganligini qayd etdi, ulardan 6 nafari - Choluteka departamentida. Shunisi e'tiborga molikki, 8 boladan 5 nafari shu haftaning o‘zida dunyoga kelgan”, - dedi vazir Yolani Batres.
Bundan avval Hondurasda o‘rtacha bir yilda bir marta mikrotsefaliya bilan tug‘ilgan bola qayd etilgan, shu bois hukumat bu kasallikning avj olganligidan xavotirda. Shu munosabat bilan Batres Sog‘liqni saqlash vazirligining Cholutekada sanitar trevoga holatini e'lon qilish masalasini ko‘rib chiqayotganligi haqida xabar qildi. Hondurasda jami 500 nafar homilador ayolda Zika virusi aniqlangan.
Zika bezgagi – maymunlarning o‘tkir infeksion kasalligi bo‘lib, u ba'zidan insonlarga chivinlar orqali o‘tadi. Ushbu virus homilador ayollar uchun juda xavfli, zero u homilada mikrotsefaliya kasalligini keltirib chiqaradi.
Mavzuga oid
19:55 / 01.12.2021
Hondurasda prezident lavozimini ilk bor ayol kishi egallaydi
10:38 / 23.12.2019
Hondurasdagi yana bir turmada ommaviy qotillik yuz berdi
19:14 / 21.12.2019
Hondurasdagi qamoqxonada yuz bergan otishma oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi
18:16 / 03.10.2019