Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nepaldagi toshqin va ko‘chkilar 54 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Foto:The Kathmandu Post
Nepalda sodir bo‘lgan va o‘zi bilan kuchli jala olib kelgan suv toshqinlari hamda ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 54 kishiga yetdi. Bu haqda “Assoshieyted Press” agentligi xabar bermoqda.
Avvalroq qurbonlar soni 33 kishi bo‘lganligi haqida xabar berilgan edi.
Ma'lum qilinishicha, hukumat 20 nafar izsiz g‘oyib bo‘lgan fuqaroni qidirmoqda. Aholi turar-joylaridagi yuzlab odamlar o‘z uylarini tashlab chiqishga majbur bo‘lishgan.
Mamlakat IIV vakilining xabar berishicha, qutqaruv operatsiyalari davlatning 14 ta okrugida olibborilmoqda. Qutqaruv ishlariga armiya jalb qilingan.
Mavzuga oid
12:13 / 13.12.2025
Sardor Rustamboyev Nepalda elchi sifatida rasman faoliyat boshladi
16:26 / 04.11.2025
Nepalda qor ko‘chkisi oqibatida 7 nafar alpinist halok bo‘ldi
12:12 / 06.10.2025
Nepal va Hindistonda kuchli yog‘ingarchilik o‘nlab kishilar hayotiga zomin bo‘ldi
21:44 / 05.10.2025