13:40 / 27.07.2016
6004

WikiLeaks AQSh demokratlarining maktubini kim taqdim etganini hech qachon oshkor etmaydi

© EPA/MARIO RUIZ, arxiv

WikiLeaks tashkiloti AQSh shov-shuvga sabab bo‘lgan Demokratik partiyasi Milliy qo‘mitasining maktublarini qaytarzda qo‘lga kiritganiga hech qachon oydinlik kiritmaydi. Bu haqda, sayt asoschisi Julian Assanj CNN telekanaliga bergan intervyusida ta'kidladi. 

Avvalroq, AQShning sobiq davlat kotibasi Hillari Klinton saylovoldi shtabi vakillari, "rossiyalik xakerlar" Demokratik partiya Milliy qo‘mitasining kompyuterlarini buzib, respblikachilar partiyasidan nomzod, Donald Trampga yordam ko‘rsatish maqsadida, o‘g‘irlangan maktublarni WikiLeaks saytiga joylashtirganini ma'lum qilgan edi. 

"Ehtimol qachonlardir, ushbu xabarlarning manbasi yoki manbalari o‘zini oshkor qilar, agar shunday bo‘lsa, bu ham qiziq bo‘ladi, kimdir o‘zining axmoq qilinganini tushunib yetadi, - degan tashkilot asoschisi. – Bir narsa aniqki, agar biz yuqoridagi ma'lumotlarni olish imkoniyatini bekor qilsak, uning manbasini topish osonroq bo‘lar edi. Shuning uchun ham, biz bunday qilmaymiz".

Top