21:09 / 27.07.2016
6279

Xiaomi rasmiy ravishda Redmi Pro flagmanini taqdim etdi

Xiaomi il bor rasmiy ravishda o‘zining smartfoni bo‘lmish Redmi Pro smartfonini taqdim etdi. U ayni paytda Redmi seriyasidagi eng kuchli qurilma hisoblanmoqda. Redmi Pro to‘liq metall korpus, 2,5D shishasi bilan himoyalangan va 5,5 dyuymli OLED-displey, USB Type-C porti va barmoqlar skaneri bilan jihozlangan.

Smartfon uch varintda taqdim etiladi: byudjyet versiya 10 yadroli Helio X20 protsessori, 3 GB tezkor xotira va 32 GB qo‘shimcha xotiraga, qimmat modellar esa 3 va 4 GB tezkor xotira hamda 64 va 128 GB qo‘shimcha xotiralarga ega bo‘ladi.

Redmi Pro da suratga olish uchun ikkita asosiy kameralardan foydalaniladi. Ular 13 va 5 Mp bo‘lib, sensorlidir. Old kamera esa 5 Mp. Kompaniya vakillarining xabar berishicha, ImagiQ Pro chipiga ega ikkita kamera DSLR-kamer darajasida suratga olish imkonini beradi.
Xiaomi flagmani texnologiyaning standart jamlanmalari VoLTE, 4G+, Wi-Fi, Bluetooth lar bilan jihozlangan.

Top