09:18 / 28.07.2016
7296

International Champions Cup. «Real» turnirdagi ilk uchrashuvida «PSJ»ga mag‘lub bo‘ldi

International Champions Cup musobaqasi doirasida AQShning Kolambus shahrida «Real» - «PSJ» uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda parijliklar yangi futbolchisi, belgiyalik himoyachi Menening dubli evaziga 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinda fransuzlar jamoasi tezkor gol bilan hisobni ochdi - 2-daqiqadayoq Nanitamo Ikone gol urdi. Birinchi bo‘limning o‘zida hisob yirik ko‘rinishga keldi - Tomas Mene dubl qayd etdi. 44-daqiqada madridliklar javob golini urishdi, Marselo penaltini aniq amalga oshirdi.

International Champions Cup-2016
Kolambus, AQSh
Real – PSJ – 1:3 (1:3)
Gollar: 0:1 – Ikone (2). 0:2 – Mene (35). 0:3 – Mene (40). 1:3 – Marselo (44, pen.).
«Real» (1-taym): Kasilya, Marselo, Nacho, Danilo, Varan, Kazemiro, Vaskes, Isko, Kovachich, Xese, Morata.
«Real» (2-taym): Yanes, Febas, Mariano Dias, Linxart, Xakimi, Texero, Karvaxal, Entso Zidan, Asensio, Lorente, Edegor.

«PSJ»: Trapp, Tiago Silva (Mene, 11), Kimpembe, Kurzava (Maksvell, 69), Ore, Rabo (Nkunku, 69), Pastore (Stambuli, 46), Kallegari, Ikone (Di Mariya, 46), Kavani (Jorjyen, 69), Lukas Moura (Ben Arfa, 69).

Top