17:22 / 28.07.2016
12597

Multimillionerlar orasida eng mashhur shaharlar e'lon qilindi

«Ultraxaynet»lar deb ataluvchi 30 million dollardan ortiq mablag‘i bo‘lganlar har yilning iyul oyida asosan Londonda to‘planishadi. Multimillionerlarning sevimli shaharlari orasida — Honkong ikkinchi, uchinchi o‘rinda Nyu-York turishi Knight Frank kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan The Wealth Report 2016 tadqiqoti chog‘ida aniqlandi. 

Tahlilchilar yilning turli oylarida badavlat insonlar eng ko‘p to‘planadigan dunyo shaharlariga oydinlik kiritishgan. Ma'lum bo‘lishicha, iyul oyida Londonga 34 mingdan ortiq ultraxaynet kelsa, iyun oyida Honkongga 32 ming, Nyu-Yorkka ayni oyda 24 mingga yaqin multimillioner to‘planadi.

Honkong

Boylarning sevimli shaharlariga o‘nligiga shuningdek, Tsyurix (avgustda 12 mingga yaqin), Los-Anjyeles (iyunda 11 ming), Dubayda (noyabrda 10,5 ming), Parij va Hempton (may va avgust oylarida 9 ming atrofida), Rio-de-Janeyro (dekabrda 6,5 ming) va Mayami (dekabrda 5,4 ming) shaharlari ham kirgan. 

Nyu-York

Knight Frank kompaniyasiga ko‘ra, multimillionerlar eng xush ko‘radigan bayram AQShdagi Shukronalik kunidir: 2015 yil noyabr oyida shaxsiy samolyotlarda 5,3 ming ultraxaynet ushbu shaharga uchib kelgan. Ommaviyligi jihatidan Amerikacha futbolning Superkuboki bahsi ikkinchi o‘rinda (661 mlnner), Davos iqtisodiy forumi (528 ultraxaynet) uchinchi o‘rinda turadi.

Top